O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi mutaxassislari hamda “UzClaasAgro” MCHJ QK texnolog-konstruktorlari bilan o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyundagi 4760-sonli qarori ijrosi va “UzClaasAgro” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sinovdan o’tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Muzokara davomida Germaniyaning “Claas KGaA GmbH”, “UzClaasAgro” MCHJ QK hamda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi mutaxassislari 2023-yil va undan keyingi davrlarda “UzClaasAgro” MCHJ QK ishlab chiqaradigan va Germaniyadan foydalanish uchun yetkazib beriladigan qishloq xo’jaligi texnikalari va ishchi organlarni respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: