Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” davlat unitar korxonasi laboratoriyasi Jahon bankining Tuproq laboratoriyalarini modernizatsiya va jihozlash loyihasi doirasida Germaniyaning qiymati 117 160 AQSH dollariga teng bo‘lgan ICP “OES SPECTRO GENESIS” jihozi bilan taʼminlandi.
Ushbu jihoz Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarni yuqori aniqlik hamda maksimal tezlik rejimi asosida aniqlash imkoniyatiga ega.
U Yevropa standartlari asosida ishlash imkonini beradi hamda tahlillar ISO halqaro standartlar asosida amalga oshiriladi.
“SPECTRO GENESIS” o‘zining qo‘llash doirasini yana-da kengaytirish uchun keng turdagi aksessuarlarga ega va yana bu jihoz nafaqat tuproqni balkiy kanalizatsiya loylari, eskirgan metallar va neft qo‘shimchalari, xom neft, dizel va biodizel kabi barcha umumiy atrof-muhit va sanoat ilovalarini qamrab oladi.
“CCD-ICP” texnologiyasidan foydalanish kuchli, arzon va mutaxassislar uchun qulay tahliliy tizimdan foydalanish imkonini beradi.
Hozirda ushbu jihoz “Tuproqsifattahlil” DUK laboratoriyasiga joylashtirilgan bo‘lib, ular yordamida malakali mutaxassislar tomonidan tuproq tahlillari olib borilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: