O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020-YIL 17-IYUNDAGI “NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNING MEXANIZMLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI 4754-SON QARORI
AGRO.UZ > Yangiliklar > Videoreportajlar > O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020-YIL 17-IYUNDAGI “NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNING MEXANIZMLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI 4754-SON QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4754-son qaroriga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda mediatsiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning rolini tubdan oshirish maqsadida vazirliklar va boshqa davlat organlarida Apellyatsiya kengashlari tashkil etildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yohud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Quyidagilar Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:
jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish;
murojaatni ko‘rib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
murojaatni ko‘rib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Apellyatsiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha a’zolardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi a’zoligiga amaliy tajribaga va obro‘-e’tiborga ega davlat organining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, sohada katta amaliy tajriba yoki ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan obro‘li fuqarolar qabul qilinadi. Bunda, davlat organining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari yoki xodimlari hisoblanmagan Apellyatsiya kengashi a’zolari jami Kengash a’zolarining beshdan bir qismidan oshib ketmasligi lozim;
Apellyatsiya kengashi unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan xulosa qabul qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: