Vazir ijroiya apparati rahbari Isroil Xolmirzayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovasiyalar va agroxizmatlar milliy markazi (AKIS) rahbarlari, ekspertlari bilan birgalikda Irlandiyada bo‘lib turgani haqida avval xabar bergan edik.
2022-yil 4-oktyabr kuni delegatsiya Tegask davlat agentligi (Irlandiya qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar tizimi (AKIS)) Oziq-ovqat tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi.Texnologiyalarni joriy etish departamenti direktori Deklan J. boshchiligidagi irlandiyalik hamkasblar ishlab chiqarish tarmoqlarida o‘simliklarni himoya qilish va zararkunandalarga qarshi kurashda qanday tadqiqotlar, integratsiyalashgan boshqaruv tizimlarining qo‘llanilishi haqida so‘zlab berishdi. Oziq-ovqat xavfsizligi va sifati bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari taqdim etildi.
Ma’lumot uchun
Markazning asosiy faoliyati fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishdan iborat. Oziq-ovqat sohasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari qishloq xo‘jaligi korxonalari va 200 ta xususiy korxona faoliyati bilan uyg‘unlashtirilgan. Turli tarkibdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qamrab oluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini kompozitsion integratsiyalash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Natijada mahsulotning yaroqlilik muddati, qo‘shilgan qiymati va yangi mahsulot ishlab chiqishga ilmiy ta’sir darajasi oshmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: