2022-yilning 1-12-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi vazirning ijroiya apparati rahbari Isroil Xolmirzayev, shuningdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbar va ekspertlari Irlandiyada bo‘ladi. Tashrif chog‘ida Irlandiya AKIS tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning Oʻzbekistonda ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirishdan iborat ustuvor yoʻnalishini qoʻllab-quvvatlash, O‘zbekistonning AKIS boshqaruv tizimi rahbarlari va ekspertlari oʻrtasidagi aloqalarni, amaliy munosabatlarni mustahkamlash, Yevropadagi funksional va samarali AKIS tizimi asosidagi asosiy konsepsiyalarni chuqurroq anglashni rivojlantirish iborat.
Irlandiyaning AKIS tizimi Yevropadagi eng samarali tizimlardan biri sifatida baholangan.
2022-yil 3-oktyabr kuni Irlandiyaning qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar AKIS tizimi bo‘lmish “Tegask davlat agentligi” bosh ofisiga tashrif va ushbu agentlik bosh direktori, professor Frank O‘Mara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya aʼzolari “Tegask” bosh ofisi atrofida joylashgan ilmiy-tajriba maydonlarida almashlab ekish, ekinlar ekishning eng samarali muddatlarini belgilash, kartoshka seleksiyasi bo‘yicha ishlar, qishloq xo‘jaligi hayvonlari tomonidan tabiiy yaylovlarda o‘simliklar iste’mol qilish me’yorlarini aniqlash kabi ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun
Tegask davlat agentligi hisoblanib, 3 asosiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi: oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlar, maslahatlar berib borish, ta’lim va malaka oshirish tizimi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shular jumlasidandir.
Tegask tarkibida Irlandiya bo‘yicha 50 ta maslahat markazlari, 7 ta ilmiy-tadqiqot markazlari va 7 ta qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kollejlar faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda Tegaskda jami 1 200 nafar, jumladan 230 nafar tadqiqotchi, 270 nafar maslahatchi, 85 nafar ta’lim beruvchi, 65 nafar mutaxassislar hamda 650 nafar professional xodimlar faoliyat olib boradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: