Surxondaryo viloyati Boysun tumanining baland tog‘larida olma bog‘lari bor. 1 gektar maydonda joylashgan ana shunday anʼanaviy bog‘larning biri “Eron Nur” fermer xo‘jaligiga tegishli. Bu yerda olmaning aynan “Krepson” navi yetishtirilmoqda hamda ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.
Yarim pakana olma turkumiga kiruvchi “Krepson” navi popuk ildizga ega, payvandlash orqali ko‘paytiriladi va havo harorati +25-30 darajagacha bo‘lgan sharoitda o‘stiriladi. Tarkibida qand miqdori boshqa olmalarnikidan ikki barobar ko‘p bo‘lib, suvliligi jihatidan ustun hisoblanadi. 2-3-yili yarim hosilga, 3-6-yillarida to‘liq hosilga kiradi.
Tog‘ bag‘ridagi olma daraxtlari buloq suvi yordamida yiliga 5-6 marta sug‘oriladi, mahalliy o‘g‘it beriladi. Bundan tashqari yilda bir hasharotlarga qarshi iyun-iyul oylarida dorilanadi.
Aprel oyi oxiri may oyida gullagan olmalar 15-oktyabr kuni pishib yetiladi va hosil yig‘ib olinadi. Bir dona daraxt hosili 100-150 kg ni tashkil etadi. Terib olingan olma mevalari yerto‘lada 6-8 oygacha o‘z xususiyatini yo‘qotmasdan saqlanadi. “Eron Nur” fermer xo‘jaligi ushbu bog‘laridan yiliga o‘rtacha 50 tonnagacha hosil yig‘ib oladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: