Ushbu haftada qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rahbarligida agrar sohada moliyalashtirish, kreditlashtirish, lizing va sug‘urta tizimini tubdan yangilash maqsadida qaror loyihasini ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tgan edi.
Muhokama Prezidentning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlash va zahirasini yaratishga bag‘ishlangan videoselektorida berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazildi.
Ishchi uchrashuvda respublika tijorat banklari boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, sug‘urta va lizing kompaniyalari raislari hamda eksportchi, qayta ishlovchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Xususiy korxona rahbari Faxriddin Ilyasov tijorat banklaridan kredit olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soddalashtirish va ular tomonidan faktoring asosida ajratiladigan kreditlarni uzoq muddatlarga berish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.
“Berad Agro” MChJ kompaniyasi rahbari Sardor Hamidov qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratishni yo‘lga qo‘yish hamda sug‘urta polislaridan garov taʼminoti sifatida foydalanish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuvda mahsulot yetishtiruvchi va sotib oluvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda tomonlarning javobgarligini oshirish lozimligi aytib o‘tildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: