O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 172-son bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi asosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashriflari tashkil etildi.
Tashrif davomida XIX asr oxiridan to O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kungacha bo‘lgan uzoq davrni qamrab olgan ekspozitsiyalar shuningdek, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tanishildi.
Kelgusida reja-jadval asosida vazirlik markaziy apparati xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida davlat muzeylari va tarixiy manzilgohlarga tashriflarini tashkil etish ishlari davom ettiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: