Joriy yilning 17-22-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib kelishi tufayli O‘zgidromet kunduz kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi, ayrim joylarda shamolning chang to‘zonlar bilan kuchayishi haqida shoshilinch xabar eʼlon qildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli boshqarmalari va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari bunday ob-havo sharoitining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga taʼsiri haqida maʼlumot va tegishli tavsiyalarni berishdi.
G‘o‘za agrotexnikasiga jiddiy yondashish kerak
Yuqori havo harorati g‘o‘za parvarishiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, uni stress holatiga tushishiga olib keladi. Bunday paytlarda klasterlar, fermer xo‘jaligi rahbarlari, mexanizator va ishchilar, soha mutaxassislari, olimlar g‘o‘zani jazirama issiq va garmseldan zarar ko‘rmasligiga hamda yaratilgan hosilni saqlab qolishga o‘ta omilkorlik bilan yondashishlari talab etiladi.
Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Birinchidan, bu davr ichida viloyat va tumanlarning barcha sektorlari o‘zlarining hududlarida soha mutaxassislari, tajribali dehqonlar va masʼul tashkilotlar xodimlaridan iborat “shtablar” tashkil etadi.
Ushbu shtablarda tunu-kun navbatchilik yo‘lga quyiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar, ishchi va suvchilar to‘liq dalaga ko‘chib chiqishi lozim.
Ikkinchidan, har bir sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan kultivatorlarni “baliq sirti” qilib o‘ragan holda ertalab va kechki soatlarda kesak hosil qilmasdan mayin kultivatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Aks holda tuproq yuzasi yorilib, o‘simlik ildizlari zararlanadi, vilt kasalligiga chalinishi ehtimoli oshadi, o‘sishi va rivojlashiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, hosil elementlari to‘kilib ketadi.
Bunda mexanizatorlarga dalada barcha sharoitlarni yaratish, ularni kechki soatlarda va kunning issiq vaqtida dam olishlarini tashkil etish lozim.
Uchinchidan, mavjud barcha purkagichlarni (OVX-600, VP-1, shtangali Appolon) kechki soat 19:00 dan keyin ertalab 7:00 gacha otryad usulida ishlashi tizimli tashkil etiladi. Bunda g‘o‘zaga faqat stimulyatorlar va mikroo‘g‘itli preparatlar bilan ishlov berish tavsiya qilinadi.
To‘rtinchidan, viloyat va tumanlarda barcha texnikalar tizimli ravishda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish va fekal chiqarishga safarbar qilinadi. Hududlardagi chorvachilik, parrandachilik va qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida to‘plangan mahalliy o‘g‘itlar sug‘orilayotgan dala maydonlariga olib chiqiladi.
Beshinchidan, joylarda suvni to‘g‘ri taqsimlash va monitoring qilish “shtablari” tashkil etiladi va mavjud suvdan samarali foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Suv oldindan rejalashtirilgan va tasdiqlangan grafiklar asosida g‘o‘za, takroriy ekin va tomorqalarga o‘z vaqtida yetkazilishiga suv shtablari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oltinchidan, g‘o‘zani sug‘orishda suvchilar sonini kamida 2-3 martaga oshirish, ularga dalada barcha sharoitlarni yaratish va tungi sug‘orishga alohida eʼtibor beriladi. Sug‘orilayotgan har bir maydon, albatta, sharbat usulida sug‘orilishi, sug‘orishni qisqa o‘q ariqlardan foydalangan holda hamda mavjud egiluvchan quvurlar orqali amalga oshirish shart. Xususan, kam suv bilan, tez-tez suvni ko‘llatmasdan, imkon qadar taktil usul bilan jildiratib sug‘orish kerak.
Bunday paytlarda paxta maydonlarida egat oralatib yengil sug‘orish usulidan foydalanib, qisqa muddatlarda peshma-pesh barcha paykallarni namlab olish yaxshi samara beradi. Shuningdek, dalada suvni uzoq oqizib va zovurga tashlab qo‘yishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.
Tungi sug‘orish ishlarini tashkil qilish va nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun har bir sektorda rahbar boshchiligida tungi sug‘orishni nazorat qilish guruhlari tashkil etilishi va har kuni sug‘orishni tahlil qilib borish tizimi joriy etiladi.
Yer osti yoki zovurlar suvidan foydalanishni tashkil etish maqsadida qo‘shimcha ravishda suv nasoslarini o‘rnatish va ularni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash yo‘lga qo‘yiladi.
Sabzavot ekinlari parvarishiga taʼsiri
Maʼlumki, bugungi kunda dala maydonlarda turli sabzavotlar yetishtirilmoqda, shuningdek, takroriy ekin sifatida yaqindagina yerga ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bor. Keskin ko‘tarilgan ob-havo harorati sabzavot ekinlari parvarishiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, ularning stress holatiga tushishiga olib keladi.
Pomidor, shirin qalampir, baqlajon o‘simliklari ekilgandan to gullashni boshlagan vaqtga qadar sug‘orishlar to‘xtatilganda 40-45 kungacha suvsizlikka chidaydi. Suvsizlik davrida ularning gullari to‘kiladi, barglari to‘q-yashil tusga kiradi, kun issiq paytlarda so‘liganga o‘xshab turib barglari ham kichrayadi, yer ustki qismlari rivojlanishi sekinlashadi.
Ushbu sabzavotlarning meva tugish vaqtida sug‘orishlar to‘xtatilsa, o‘simliklar 30-35 kun chidaydi. Bu vaqtda tuganaklar to‘kiladi, bor mevalari ham maydalashadi, barglari bukilib qoladi. Hosildorlik 40-50 % gacha kamayadi.
Pomidor, shirin qalampir, baqlajon o‘simliklarida meva pisha boshlagan davrida sug‘orishlar to‘xtatilganda o‘simlik 15-20 kun suvsizlikka chidaydi hamda pishgan va pishmagan mevalar uchki qismidan sarg‘ayib chirish boshlanadi.
Bunday sharoitda sabzavot ekinlari parvarishida quyidagi eng muhim agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish talab etiladi:
Meva-uzum bog‘larini yuqori havo haroratidan himoya qilish.
Havo haroratining birdaniga ko‘tarilib ketishi mevali daraxtlar hamda uzumlarga jiddiy zarar keltiradi. Natijada meva va uzumlarning sifati past bo‘lib, uzoq saqlash hamda tashishga yaroqsiz bo‘lib qoladi, shu bilan birga tovarboplik xususiyatlari tushib ketadi.
Mevali daraxtlarni havoning jazirama issig‘ida himoya qilishda quyidagi tavsiyalarga amal qilish taklif etiladi:
Tokzorlarda havoning jazirama issig‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: