O‘zbekistonda meva, sabzavot va poliz ekinlarining zamonga mos, yangi turlarini va navlarini ixtiro qilish kundan kunga ko‘paymoqda. Jumladan, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining q.x.f.n. Yekaterina Lyan boshchiligidagi seleksioner olimlari yangi qovun navini ixtiro qilishdi. “Zarhal” nomi berilgan ushbu duragay faqat issiqxonada yetishtiriladi.
O‘ta erta pishar
“Zarhal” ni xuddi shunday toifaga kiritish mumkin. U 72-78 kun davomida o‘sadi. Uning palagi baquvvat, sershox. Bargi esa, keng, qalin, to‘q yashil rangli, qirqimlidir.
Hosili
Sharsimon, o‘rtacha kattalikda bo‘lib, og‘irligi atigi 0,8-1,5 kilogramm keladi. Yuzasi esa tekis, sariq rangda. Ustida yashil rangli chiziqlar tortilgan. Ichki qismi oqish, xo‘shbo‘y hidli.
Kasalliklarga chidamli
“Zarhal”ning tarkibidagi quruq modda miqdori 13,5-14,5 foizni tashkil etsa, qand miqdori 12-13 foizdangina iborat.
Hosildorligi 8-8,5 kg/m2 ga teng bo‘lgan ushbu qovun navi un shudring va fuzarios so‘lish kasalligiga chidamlidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: