O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Teshayev tomonidan Navoiyning Navbahor va Karmana tumanlarida dala madaniyatiga rioya etish hamda chigit siyrak unib chiqqan dalalarda qayta chigit ekish ishlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Yangiqo‘rg‘on va Hazora hududlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat qishloq va suv xo‘jaliklari boshqarmalari vakillari hamda boshqa masʼul xodimlar bilan birga fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar ishtirok etishdi.
Taʼkidlanganidek, Navoiy viloyatida bugungi kunda 2022-yil paxta hosili uchun ekilib parvarishlanayotgan 31655 gektar g‘o‘za maydonlarining 2644 gektari 3-4 chinbarg fazasida, 20666 gektari 5-6 chinbarg fazasida va 8345 gektari shonalash fazasida rivojlanmoqda.
Bundan tashqari eng asosiy agrotexnik tadbir-g‘o‘zaga kompleks ishlov berishni tizimli amalga oshirish, jumladan, g‘o‘za parvarishlanayotgan maydonlarda qator oralariga ishlov berish (kultivatsiya), g‘o‘za qator oralarini chopiq qilish ishlari olib borilmoqda.
G‘o‘za parvarishida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi yuzasidan viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarligida ishchi guruh tashkil etilib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan fermer xo‘jaliklariga joylarda tavsiyalar berilmoqda hamda kunlik monitoring ishlari o‘tkazilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: