O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2022-yil 27-may kuni Toshkent davlat agrar universitetida vazirlik tizimida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash mavzusiga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.
Unda ma’muriy binolar peshlavhalari va boshqa ko‘rsatkichlardagi yozuvlarning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) ifodalanishini ta’minlash hamda tashqi yozuvlar, e’lonlar va boshqa turdagi ko‘rgazmali targ‘ibot vositalarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi choralarini ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Maqsad O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda 2022-yil 18-maydagi ko‘rsatmasida belgilangan topshiriqlarning vazirlik tizimida ijrosini tashkil va ta’min etishdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: