Toshkent davlat agrar unversiteti o‘quv ishlari bo’yicha prorektori, professor S.Y. Islamov va bir qator o‘qituvchilar Toshkent davlat agrar universiteti 3-bosqich talabalari bilan malakaviy amaliyotlarga chiqish oldidan uchrashdi.
Muloqotda 10 dan ortiq yirik agroklasterlar, idora va tashkilot xodimlari hamda 500 dan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi xodimlari malakaviy amaliyotlarini raqamlashtirish bo‘yicha yangi yaratilgan platforma hamda “Smart campus” – ma’lumotlar bazasi bo’yicha taqdimotlar qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan amaliyotni tashkil etish, talabalarga shart-sharoitlar yaratish bo’yicha takliflar bildirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: