O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi salkam bir asrlik tarixga ega. Uning tarkibida 9 ta bo‘lim va 2 ta laboratoriya mavjud. Toshkent paxta tolasi – texnologiya laboratoriyasida hozirgi kunda paxta tolasining tayyor xomashyoga aylanishidan avval sifati ilmiy tadqiqotlar yordamida to‘liq aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4803-son “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan XTTB O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga 3,5 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘larini ajratmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslarning talabiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari farqlanishi, turdoshligi hamda genetik (nav) jihatdan sofligi bo‘yicha sinovlar o‘tkazilishi va natijasi yuzasidan Markaz tomonidan xulosalar taqdim etilishi agrar biznesi uchun juda qulay. Bu o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari, fermer va klasterlarga amaliy yordam hisoblanadi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Multimedia markazi tomonidan vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi maʼlumoti asosida tayyorlandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: