O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 733-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchitumanlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladi.
Qiziltepatumanidagi “Oq-oltin”, “Vang‘ozi”, “Zarmetan”, “Arabon” hududlarida o‘rtacha hosildorligi 40 sentnerni tashkil qiladigan jami 3 880 gektar;
Qiziltepatumanidagi “X. Sulaymonov”, “O‘rtacho‘l yulduzi”, “Al-Buxoriy”, “Toshrabot”, “G‘ardiyon”, “Bo‘ston” hududlarida o‘rtacha hosildorligi 40 sentnerni tashkil qiladigan jami 4 479 gektar;
Xatirchitumanidagi “Bog‘chakalon”, “Zarafshon”, “K. Raxmatov”, “Ko‘ksaroy”, “E. Abdiyev”, “P. Shoir”, “Madaniyat”, “Oq-oltin”, “M. Ulug‘bek” hududlarida o‘rtacha hosildorligi 40 sentnerni tashkil qiladigan jami 5 450 gektar;
Xatirchitumanidagi “Ibn-Sino”, “O‘zbekiston”, “A. Po‘latov”, “A. Navoiy”, “A. Xalimov”, “Sh. Rashidov”, “A. Temur”, “A. Yorlaqobov”, “A. Ikromov” hududlarida o‘rtacha hosildorligi 40 sentnerni tashkil qiladigan jami 5 235 gektar yer maydonlarida yangi paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilishi e’lon qilinadi.
Eslatma: tashabbuskorlar tomonidan arizalar tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etiladi.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: