Xabar berganimizdek, Germaniyaning Berlin shahrida «Yashil haftalik — 2024» xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
Ko’rgazma doirasida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ʻʻInternational fund for Agricultural Developmentʼʼ (IFAD) vitse-prezidenti Gerardin Mukeshimana bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O’zbekistondagi qishloq xo’jaligi loyihalarini IFAD tomonidan moliyalashtirilishi borasida muzokara olib borildi.
Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish borasida ishchi guruh tuzish hamda bu boradagi ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish masalasi kelishib olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: