#Live
Ayni daqiqalarda Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan «Yashil haftalik — 2024» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida «Breakout sessions» — Barqaror ishlab chiqarishni rag‘batlantirish mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlari hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sessiya davomida nutq so‘zladi.
Vazir oziq-ovqat ta’minoti zanjirini yaxshilash maqsadida agrologistika tizimlarini tubdan isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va yetkazib berishni yaxshilash zarurligini, shuningdek, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va ilm-fanni chuqur o‘rganishni yo‘lga qo‘yish kerakligini, avvalo, bu orqali ilm-fan nazariyasini amaliyot bilan integratsiya qilish zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
So‘zini davom ettirar ekan, Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hozirgi kundagi eng muhim masala ekanligini qayd etdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: