Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish va yangi boshqaruv mexanizmini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy viloyat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda, islohotlarni chuqurlashtirish va vazirlik faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, har bir rahbar o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuv asosida ish bo‘lib borish masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir topshiriq mazmun-mohiyatini avvalo soha vakillarining o‘zlari teran anglagan holda, joylarda targ‘ib etilishi hamda bajarilishiga shaxsiy tashabbus ko‘rsatishi zarur. Bunda tizimda ko‘p yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan fidoiylarning hayotiy tajribasidan o‘rganish lozimligi ham e’tirof qilindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligining lokomotivi bo‘lishi kerak bo‘lgan ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tahlil qilindi. Bugungi kun nafasi hamda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar mazkur muassasalarni qamrab ololmayotgani qayd etildi. Bunda har bir qishloq xo‘jaligi xodimi, agronom, dehqon, fermer va olimlarimiz uyg‘oq bo‘lishi, ilmiy faoliyatni har qachongidan yuksaltirishi lozimligi bildirildi. Ishlanmalar agarda ilm-fan bilan amalga oshirilmas ekan, uning istiqboli ham mavhum bo‘lishi qayd etildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, har bir rahbar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tizim tashkilotlari bilan integratsiyalashuv asosida ish olib borishi, mamlakat aholisini kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida, Vazir agrar sohani yanada rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu borada tashabbus va takliflar, konstruktiv muloqot ruhi ustuvor bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: