Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Iordaniyaning Jordan Enterprise Development Corporation, JEDCO korporatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Unda, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida erishilayotgan yutuqlar va hamkorlik aloqalari, sohada faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun yaratilib berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi
Muloqot chog‘ida davlatimiz rahbari boshchiligida agrar soha rivoji yo‘lida amaliyotga joriy etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida vazirlik tomonidan fermer va klaster xo‘jaliklari uchun yaratilgan imkoniyat, oziq-ovqat mahsulotlari eksport salohiyati yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasini rivoji uchun xizmat qiladigan bu kabi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, Iordaniya tadbirkorlikni rivojlantirish korporatsiyasi (Jordan Enterprise Development Corporation, JEDCO) ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrosanoat hamda turli sohalarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: