Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati rasmiy telegram kanalining xabariga ko‘ra, «Jonibek kelajagi» Norin tumanida uzumchilik yo‘nalishida namunali fermer xo‘jaliklaridan biri. 9 gektar bog‘da yetishtirilayotgan «Rizamat ota», «Husayni», «Kelinbarmoq» va boshqa navli sarxil uzumlar nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham yo‘naltirilmoqda.
Xo‘jalikda uzum yetishtirish bo‘yicha katta tajriba maktabi yaratilgan. Namangan viloyat hokimligi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari ushbu fermer xo‘jaligida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: