Yerimizning har bir qarichini bekorga oltinga tenglashtirmaydilar. Azaldan unumdor tuproqlarimiz, go‘zal tabiatimiz, zilol suvimizdan unumli foydalangan xalqimiz shuning orqasidan ro‘zg‘or tebratib kelgan.
Yurtimizda tomorqa madaniyatini shakllanttirish, uni qo‘shimcha daromad manbaiga aylantirish borasida aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda. Bugun aksariyat yurtdoshlarimiz tomorqa oila uchun rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai ekanligini yaxshi bilishadi.
Albatta, yurtimizda aholining tomorqadan samarali foydalanishi, xalqimizning an’anaviy turmush tarziga aylanib ketgan tomorqachilikni qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Keyingi yillarda tomorqachilikka qaratilgan e’tibor tufayli, aksariyat Farg’ona viloyati Rishton tumani aholisi bu tizimning afzalliklarini to‘liq anglab yetmoqdalar.
Tomorqadan unumli foydalangan holda almashlab ekishni yo‘lga qo‘yib, yiliga 3 martagacha hosil olishmoqda. Bu esa oilalar dasturxoni to‘kinligini ta’minlashga xizmat qilayotir. Ayniqsa, bu borada qayrag‘ochliklar tomonidan olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovor.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: