Inson ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskanidir.
Haqiqatdan ham teatr har qanday davrda, doim ham hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatrning alohida o‘rni bor.
Jumladan, kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi xodimlari Yangi yil arafasida ishdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari ta’minlash maqsadida O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, teatr repertuaridagi — “Sizsiz oʻtmas kunlarim” spektaklini tomosha qilishdi. Aytish kerak, teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Shiddat bilan taraqqiy etayotgan texnika va innovatsiyalar zamonida istalgan kino, serial yoki spektaklni ijtimoiy tarmoqlar orqali topib tomosha qilish mumkindir. Ammo teatrga borib, sahna asari ruhini, unda mujassam gʻoyalar nafasini his qilib jonli tomosha qilishning zavqi ham, maʼnaviy foydasi ham oʻzgacha. Teatr jamoasi tomonidan ajoyib mahorat bilan ijro qilingan sahna koʻrinishlari barchaga manzur boʻldi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: