O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Unda, vazirlik mutasaddi rahbarlari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, sohaga aloqador rahbarlar, vazirlikning tizim tashkilotlari viloyat hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Sirdaryo tumani hokimligi binosida viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilda yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni statistika taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo bu kabi raqamlar hisobotni vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi.
Bunda eng asosiysi har bir rahbar bugun viloyat mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerda unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qanday sharoitlar yaratilmoqda, ularga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, taqdimot davomida viloyatda joriy yil hosili uchun dehqon xo‘jaliklari tomonidan asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, Paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, har bir tuman va shahar rahbarlari kunlik reja asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi.
Aytish kerak, bugun Sirdaryo viloyatining har bir hududida qishloq xo‘jaligi boshqarmalari faoliyat olib bormoqda. Viloyatda olib borilayotgan islohotlar esa, qoniqarli darajada emas.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2023-yilda viloyat yalpi ichki mahsuloti va eksport salohiyati ham yetarli bo‘lmagani, bu kabi sustkashliklarning sababi va joriy yil hosili uchun ekiladigan urug‘lik va kutilayotgan hosil, agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish, xususan, qishloq xo‘jaligida ish jarayoni sekinlashib qolgan mavjud xorijiy investitsiya loyihalarining muammolarini aniqlash va loyihani qayta ko‘rib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha samarali chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
Vazir I.Abdurahmonov o‘z navbatida, Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan oqilona foydalangan holda rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, intensiv bog‘ yaratish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘z yechimini kutayotgan loyihalarni tizimli amalga oshirish qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishning muhim jihatlaridan biri ekanini qayd etdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: