Kuni kecha Sirdaryo viloyati hokimligi va Xitoyning BGI kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.
Uchrashuvda yangi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda sholi va boshqa ekinlarning maxsus navlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
BGI kompaniyasi vitse-prezidenti Terens Sion kompaniya faoliyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, sholining maxsus navi bugungi kunda Guandun va Guansi provinsiyalari dalalarida sinovdan o‘tkazilgan va yuqori hosildorlik bilan birga suv hamda ishchi kuchini tejash bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatgan.
Mazkur maxsus nav Osiyoning janubiy mamlakatlarida ham sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv so‘ngida, Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar holati xususida ham fikr almashildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: