Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish hamda aholi daromadini ko‘paytirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.
Ayni shu maqsadda bugun Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi rahbar xodimlari, fermer va dehqon xo‘jaligi vakillari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda vazirlik tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘g‘ri, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, o‘zidan yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumotlarni taqdim etilishida ishni to‘g‘ri tashkil etish borasida tajriba almashildi.
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar statistik hisoboti vijdonan yondashilgan holda aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi.
Shuningdek, vazirlik tizim tashkilotlari integratsiyalashtirish, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlarni olish tizimini yanada takomillashtirish uchun samarali ish tashkil etishda zaruriy chora–tadbirlar haqida tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, har bir rahbar bugun viloyat mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerda unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qanday sharoitlar yaratilayotgani va ishga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi qayd etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminarda soha xodimlari ish faoliyatini takomillashtirishda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: