Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

SHHTga a’zo davlatlar agrarchi vazirlari Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasini tasdiqlashdi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > SHHTga a’zo davlatlar agrarchi vazirlari Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasini tasdiqlashdi
AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > SHHTga a’zo davlatlar agrarchi vazirlari Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasini tasdiqlashdi
Okt 11, 2021 Posted by: tested Fotoreportajlar Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev 2021 yil 12 avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining a’zo davlatlari vazirlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha oltinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir natijalariga ko‘ra, SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma bayonoti ma’qullandi va imzolandi, shuningdek Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha SHHTning ko‘rgazma bazasini yaratish konsepsiyasi tasdiqlandi.

«Xitoyning «Qishloq xo‘jaligiga oid yangi yuqori texnologiyalar Yanlin ko‘rgazma zonasi» bazasidagi Agrar texnologiyalarni almashish va ta’lim bo‘yicha SHHT ko‘rgazma bazasi, mazkur tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida 2010 yilda tuzilgan «Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik haqidagi bitim» hamda hamkorlik borasidagi sohadagi boshqa hujjatlarni amalga oshirish maqsadida yaratilmoqda, – dedi vazir Jamshid Xodjayev. – Yanlin ko‘rgazma zonasining filiali O‘zbekistonda M.Mirzayev (Shreder) nomidagi ITI hududida, shuningdek Toshkent viloyati Bilim va innovasiyalar AKIS markazi bazasida joylashadi. U agropark shaklida bo‘lib, Xitoy xususiy kompaniyalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishadi, texnologiyalarni joriy etishadi va namoyish qilishadi hamda mahalliy fermerlar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. Dastlab Xitoyning 20 ga yaqin kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda».

Vazir qishloq xo‘jaligi sohasi SHHTga a’zo davlatlar hamkorligining eng faol jabhalaridan biri ekanini ta’kidladi. Ko‘rgazma bazasi davlatlar o‘rtasida tajriba almashishga, bozor tamoyillari asosida sohaga oid hamkorlikni rivojlantirishga, yangi yuqori agrotexnologiyalar hamda yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish sohasidagi ilg‘or bilimlarning keng yoyilishiga hissa qo‘shadi.

Ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi: «Yanlin yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi ko‘rgazma sanoat zonasi bugungi kunda fan va amaliyot yutuqlari asosidagi xalqaro almashinuvlar va hamkorlikning yangi moddelarini rivojlantirishning nufuzli hamda keng qamrovli platformalaridan biri tariqasida Xitoyning milliy brendi deb tan olindi» – deb aytgan edi. 12 avgust kuni onlayn formatda o‘tkazilgan uchrashuvda bosh kotib Vladimir Norov boshchiligida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kobitiyati, FAOning Yevropa va Markaziy Osiy bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Rahmanin, shuningdek SHHTga a’zo davlatlar — Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Qirg‘iziston, Pokiston va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha vazirlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda kelishilgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma bayonotga ko‘ra, a’zo davlatlar quyidagi yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishni rejalashtirishgan:

– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan, xususan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida o‘zaro manfaatli savdo-sotiq qilish;

– oziq-ovqatni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha SHHTning «yashil» transport yo‘laklari va yo‘nalishlarni tashkillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish;

– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘zaro almashish uchun veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi sohasidagi nazorat organlari bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish.

A’zo davlatlar SHHTning xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorligini yanada rivojlantirishdan manfaatdor.

Jamshid Xodjayev, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 2023 yilgacha BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Mintaqaviy konferensiyasining 2023 yilgacha amaldagi raisi sifatida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va FAO o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishning muhimligini ta’kidladi. Shuningdek O‘zbekiston ushbu ikki tashkilotning o‘zaro aloqasini yanada chuqurlashtirishga ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, SHHT davlatlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi to‘g‘risidagi asosiy hujjat 2010 yilning iyun oyida Toshkent shahrida imzolangan edi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: