12-dekabr Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida agrar sektorni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2021-yil natijalariga ko‘ra O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati, viloyat boshqarmalari va hududiy bo‘limlari hamda quyi tashkilotlari – ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar universitetlar va davlat unitar korxonalarining 231 nafar xodimi ko‘krak nishoni va mukofotlar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, yil mobaynida qishloq xo‘jaligi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan Respublika miqyosidagi qator tashkilotlar – Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Fanlar Akademiyasi xodimlari ham mukofotlandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: