Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Koreyaning “EGIS Co., Ltd” kompaniyasi Global marketing bo‘yicha bosh direktori Kwang Se Lee bilan uchrashdi.
Unda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning ahamiyati, xususan, iqlim o‘zgarishiga javob beradigan qishloq xo‘jaligi yerlari ma’lumotlarini boshqarish va ulardan foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha bir qancha sohalarda hamkorlik qilish borasida kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “EGIS Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasidagi iqlim o‘zgarishiga javob beradigan qishloq xo‘jaligi yer ma’lumotlarini raqamli boshqarish bo‘yicha salohiyatni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va qishloq xo‘jaligida raqamli egizak va geofazoviy axborot tizimlarini (GAT) joriy etish hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilimlar almashinuvi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, raqamli qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish, statistika, ishlab chiqarish, hosilni bashorat qilish, monitoring, qishloq xo‘jaligida kasalliklar va zararkunandalar boshqaruvi kabi sohalarda salohiyatni oshirish uchun texnologiya, metodologiya va siyosat bo‘yicha bilimlar bilan almashish kabi bir qancha yo‘nalishlarda Koreya bilan hamkorlik qilinadi.
Uchrashuv yakunida ushbu hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy ilmiy-yondashuvlarni olib kelinishida debocha bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: