Qishloq xo‘jaligi xalqaro universitetida “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi natijaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni boshqarish” mavzusidagi trening bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi natijaga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarni boshqarish bo‘yicha maqsadli o‘quv dasturi muhokama etildi.
Asosiy maqsad esa, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining barqarorligi va mahsuldorligini oshirish uchun sohadagi ilmiy tadqiqotlar milliy dasturiga muvofiq holda ilmiy-tadqiqot institutlarining natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv salohiyatini oshirishdir.
Ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar, rivojlanish sohasidagi tashkilotlar va loyihalarni boshqarish ofislarining turli mutaxassislari qatnashgan seminarda strategik rejalashtirish va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash, natijaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot yondashuvlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sohadagi mahalliy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga global g‘oyalarni integratsiyalash uchun milliy va xalqaro tadqiqot hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqot olib boruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini sohaga keng tatbiq etish orqali muammolarga yechim topish mumkin.
Bu har qanday innovatsion startap, urug‘chilikda kashfiyot, yangi duragay navlar yaratishdan tortib organik mahsulot yetishtirish uchun g‘oyalar bo‘lishi mumkin.
Trening dasturi ishtirokchilariga “ASK” dasturi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan imzolangan Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: