Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish hamda ularning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish Qishloq xo‘jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-iyulidan 15-iyuliga qadar masofaviy shaklda new.proacademy.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda, “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusida (14 soat) qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslarida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin xodimlar ishtirok etib, ushbu xodimlar kurs boshlanishi va yakunida kirish va chiqish testlarini topshirishdi, tegishli mavzularni mustaqil ravishda o‘zlashtirishdi va o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: