O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yangi ichki tanlov tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u orqali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotida faoliyat yuritayotgan xodimlarga vazirlikning markaziy apparatidagi mavjud vakant lavozimlar uchun eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz da ro‘yxatdan o‘tib, tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Quyidagi vakant lavozimlar mavjud:
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar boshqarmasi
– Yetakchi mutaxassisi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va texnik modernizatsiyalash boshqarmasi
– Yetakchi mutaxassisi
Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik bo‘limi
-Bosh mutaxassisi
Hujjatlar 2022-yil 6-maydan 10-mayga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: