Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimidagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, korxona va ta’lim muassasalarida korrupsiya holatlari aniqlansa, bu boradagi ma’lumotlarni zudlik bilan telegramdagi @UzAgroAnticorruptionBot botiga yoki +99871 206 70 65 ishonch telefoniga xabar qoldirish mumkin.
Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan “Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiya holatlarining oldini olish, uni bartaraf etish” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda korrupsiyaning oqibatlari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari, bu illatga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb etish haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: