Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan (TDAU) universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan (TDAU) universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi
AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan (TDAU) universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi
Okt 12, 2021 Posted by: tested Fotoreportajlar Videoreportajlar Yangiliklar

Toshkent davlat agrar universitetining (TDAU) yangi rektori sifatida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoning eng yirik agrar universiteti – 11 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladigan TDAU hududi 30 gektar maydonni qamrab oladi.

Bu yerda 20 ta bino va inshootlar, shu jumladan 8 ta yotoqxona (5 ta amaldagi va 3 ta ekspluatatsiyadan chiqqan), shuningdek o‘quv, laboratoriya va ma’muriyat binolari, oshxona va yirik sport majmuasi joylashgan.

Universitetning yotoqxona, ta’lim, sport va boshqa binolarini ko‘zdan kechirish, shuningdek, talabalar bilan muloqot natijasiga ko‘ra oliygoh hududida o‘qish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. TDAUda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: