Xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston-Belarus hududlarining II forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat hududlaridan taklif etilgan rahbarlar tomonidan iqtisodiy salohiyat, eksport imkoniyati, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish quvvatlariga oid taqdimotlar namoyish etildi.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati vazirligi o‘rtasida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati: O‘zbekiston va Belarus uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida panel muzokaralar olib borildi.
Unda, o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari borasida bir qator taqdimotlar namoyish etildi.
Qolaversa, Belorus Respublikasida “in-vitro” usulida yetishtirilgan golubika ko‘chatlarining elita navlaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida golubika yetishtirish bo‘yicha eksperimental ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi kelishib olindi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi savdosi, fan va agrar ta’lim sohasida yaqin hamkorlik o‘rnatilgan, shuningdek, chorvachilik, veterinariya va o‘simliklar seleksiyasi sohasida faol o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Samimiy ruhda boshlangan muzokaralar davomida Ibrohim Abdurahmonov Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilayotgani, bu esa mamlakatlarimiz uchun birdek manfaatli ekanini e’tirof etdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: