Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi Ichki audit va komplayens nazorati bosh mutaxassisi vakant lavozimi uchun malaka talabi:
Ma’lumoti:
Oliy ma’lumot (bakalavr, magistr darajasi);
Mutaxassisligi:
Buxgalteriya hisobi va audit, huquq, moliya-bank iqtisodiyot yo‘nalishlari (nazorat-taftish, norma ijodkorligi malakaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi);
Normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi:
Qonun hujjatlarini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida, mehnat, fuqarolik, shartnomaviy-huquqiy, ma’muriy, qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarga oid qonun hujjatlarini va ularni qo‘llash amaliyotini bilishi, ularning mazmunini tushuntira olishi lozim;
Soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining so‘ngi hujjatlaridan (farmon, qarorlar)dan xabardor bo‘lishi;
2) ichki tartib qoidalar va ijro intizomi qoidalarini bilishi;
3) qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlardan xabardor bo‘lishi;
4) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimdan xabardor bo‘lishi;
5) davlat organining yuqori turuvchi idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlarini bilishi;
6) davlat organi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim;
7) ichki tartib qoidalar va ijro intizomi qoidalarini bilishi.
Ish faoliyati bo‘yicha:
– boshqaruv faoliyatidagi muayyan tajribaga ega bo‘lishi;
– xizmatga oid faoliyatini samarali rejalashtirish, sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llay bilishi;
– zamonaviy fikrlash, kommunikativ qobiliyati, faolligi va kasbga fidoyiligi, yangilikka intiluvchanligi, mustaqil ravishda idoraviy hujjatlarni tayyorlashi, o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha vakolat doirasida optimal qarorlarni tezkor ravishda qabul qilish va amalga oshirish, sohaga oid axborot va ma’lumotlarni tahlil qilish, ular yuzasidan konstruktiv xulosa va takliflar tayyorlashi;
– nazorat va tekshirishlar sohasi bilan bog‘liq masalalarni tashkil qilish, takliflar ishlab chiqish qobiliyatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish, soha bo‘yicha xizmatga oid muzokaralarni yuritishi, yozma va og‘zaki nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ishlay olishi (Microsoft Word, Excell, PPT), davlat organlari xodimlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkaza olishi lozim. Xizmat safariga doim tayyor turishi lozim.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: