Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi (AKIS)da O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda xususiy sektor bilan birgalikda (“Triple Point Engineering”)seminar trening bo‘lib o‘tdi. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa davlatlariga eksporti” mavzusidagi ushbu tadbirda Latviyaning “Sertifikatlash va test sinovlaridan o‘tkazish markazi” (“STC”) kompaniyasi direktori Antanas Makarevichius, Yevropa bozorlariga organik mahsulotlarni yetkazib beruvchi ”Ekofarm” kompaniyasi eksperti Marius Raila hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i Anvar Djumanovlar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, aholini sog‘lom oziq ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, shuningdek, respublikada Organic, va Global G.A.P xalqaro standartlari talablari asosida mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, shu bilan bir qatorda, yetshitirlgan mahsulotlarni Yevropa bozorlariga olib kirilishini jaddalashtirish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, xalqaro standartlar talablari asosida mahsulotlar yetishtirayotgan sub’yektlar sonini ko‘paytirish orqali respublikaning eksport salohiyatini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan xalqaro standartlar talablari asosida mahsulotlarni yetishtirish va ularni qanday qilib Yevropa bozorlariga olib kirish hamda sotish yuzasidan klasterlar, kooperatsiya va fermer xo‘jaliklari mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: