Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligida Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirokida suvni tejashda gidrogellardan foydalanishning yo‘nalishlari va samaradorligini o‘rganib chiqib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitida gidrogellardan foydalanish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda, suv resurslarini tejash, ulardan samarali foydalanish maqsadida tuproqda namlik saqlovchi gidrogellardan foydalanish, mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘orishda innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, jumladan, gidrogellardan foydalanishning yo‘nalishlari va samaradorligi atroflicha muhokama qilindi.
Gidrogelning afzalligi esa,
– sug‘orish suvini 20-40 % ga tejaydi;
– mineral o‘g‘itlarni tuproqning unumdor qatlamida tutib qolish hisobiga uning sarfini kamaytiradi;
– unumdor qatlamni yanada boyitadi hamda hosildorlikni oshiradi;
– yerlar va yer osti suvlarini sho‘rlanishdan saqlaydi;
– mahsulot hosildorligini 30-40 % ga oshiradi, uning tannarxini esa kamaytiradi.
Chunonchi, konstruktiv ruhda tashkil etilgan uchrashuvda, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hududlarda paxta xom ashyosi yetishtirishda gidrogellardan foydalangan holda sug‘orishni tashkil etish bo‘yicha tajriba konstruktorlik ishini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Gidrogel – o‘ziga nam tortuvchi, yuqori bo‘kuvchanlik xususiyatiga ega sintetik polimer bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan makro va mikroelement hamda ekinlarni rivojlanishiga kuchli ta’sir beruvchi mikroorganizmlarga ega.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: