Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi yer maydonlarida gʻallaning rivojlanishi uchun har 5 gektarga «sharbatlab sug’orish» maqsadida maxsus o’ralar qazish va gektariga 5 tonnadan mahalliy o’g’it chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi barcha fermer xo’jaliklarida gʻallazorlarni g’o’za poyalarini begona o’tlardan tozalash, mineral o’g’itlar zaxirasini yaratish va texnikalarni mavsumga tayyorlash jarayonlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, 2024-yil paxta hosili uchun yerlarni tekislash, mavsumda irrigatsiya hamda melioratsiya tadbirlarini puxta bajarish borasidagi amaliy tadbirlar jadal suratlarda yoʻlga qoʻyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: