O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Dastavval, Qorako’l va Olot tumanlarida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Olot tumanida joylashgan “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasterining xorijdan olib kelingan g‘o‘za urug‘lik chigiti hamda xorijdan olib kelingan urug‘lik g‘alla ekilgan maydonlar bilan ko’zdan kechirildi.
Kezi kelganda aytish kerakki, klaster o‘zining eng innovatsion texnologiyalarni agrar sohaga joriy etib kelayotganligi bilan ham nom chiqargan. Xabaringiz bor, ushbu klaster tomonidan yangicha uslubda tomchilatib deymizmi, yomg‘irlatibmi, yoinki dronlar orqali ekinlarni dorilash uslublaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Bundan tashqari aynan paxtani hosildorligini oshirish g‘alladan karrasiga hosil olishda ham ayni klaster mas’ullari ildamlik bilan harakat qilishmoqda.
Yodingizda bo‘lsa davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ham qator topshiriqlar bergan edi. Shulardan biri bu yil ilk bor xorijdan sifatli urug‘lik olib kelish. Bu esa o‘z navbatida hosildorlikni oshishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan edi. Bugun buxoroliklar ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xorijdan urug‘lik olib kelish ishlarini boshlab yubordi.
Mazkur ishda “Merganteks” va “Buxoro agroklaster” mas’ullari jonbozlik ko‘rsatdi. Xitoydan sarxil va mamlakatimiz iqlim sharoitiga mos bo‘lgan “zionmyang88” navli 20 tonna urug‘likning ilk partiyasi olib kelindi. Aynan hosildorlikni oshirish, gektaridan olinadigan hosilni oshirishda ayni shu urug‘liklardan umid qilib turilibdi. Klaster o‘z oldiga 120 sentnerdan kam bo‘lmagan hosil olishga umid qilmoqda.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, fermerlarga xizmat ko‘rsatishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik, paxtachilik tarmog‘ining yangi istiqbollari yuzasidan mavjud kelishuvlar va klasterlar faoliyatini yana-da rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash istiqbollari yuzasidan o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi.
Qolaversa, tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratishi – soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: