Joriy yilda Ozarbayjonning Sobirobod sanoat zonasida joylashgan “Azera Toxumçuluq” MChJ yuqori sifatli (F1) duragay urug‘larni ishlab chiqarish rejalashtirmoqda.
Ayni paytda buyurtma asosida urug‘larni tozalash, saralash va qadoqlash ishlari olib borilmoqda. Kompaniya tomonidan joriy yil 1 225 gektar maydonga yuqori navli kungaboqar va makkajo‘xori duragay urug‘larini ekilishi kutilmoqda.
Ushbu mahsulotlar asosan mamlakat ichki bozori uchun mo‘ljallangan. Hosil kutilgandan ko‘ra ko‘p bo‘lsa, talabga qarab qo‘shni mamlakatlarga ham eksport qilinadi.
Ma’lumot uchun: Makkajo‘xori va kungaboqarning gibrid navlari bir qancha afzalliklarga ega. Ular odatda yuqori hosildorligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi bilan oddiy navlardan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, hosildorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
«Azera Toxumçuluq” MChJ joriy yilda kungaboqar va makkajo‘xoridan tashqari, bug‘doy, arpa, beda va paxta mahsulotlarini ekishni rejalashtirgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: