Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov rahbarligida agrar sohadagi innovatsion islohotlarni amalga oshirish va Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Videokonfrensaloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlikning mutasaddi xodimlari va vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga doir belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosini o‘z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari uchun maqsadli grant loyihalarini jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
A.Shukurov o‘z navbatida, joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan istiqbolli vazifalarga to‘xtalib, bajarilmay qolgan va vazirlik darajasida hal etilishi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, bunda eng asosiysi o‘quv dargohi rahbarlarining takliflarini inobatga olgan holda muammoni bosqichma-bosqich hal etilishini qayd etdi.
Bundan tashqari, vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlarining bir nuqtada integratsiyalashuvini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: