Joriy yilning 27-yanvar kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sherikchilik munosabatlari” mavzusidagi tabdir tashkil etildi.
Unda, oliy va ilmiy tadqiqot institutlari rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorant va mutasaddi vakillar ishtirok etdi.
Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlar qabul qilinganligi, undan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Aytish kerak, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Vazir Ibrohim Abdurahmonov ayni shu masalalarga e’tibor qaratdi.
Binobarin, Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etib o‘tildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: