Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari davomida Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha delegatsiya a’zolari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi.
Mazkur investitsiya forumi samarali muloqotning davomi bo‘lib, ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlarini, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakilini to‘pladi.
Aytish kerak, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Tashkil etilgan mazkur forumda ham ayni shu masalalarga e’tibor qaratildi.
Binobarin, Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi tashabbuslarni belgilab beradi.
Forumning ahamiyati esa, nafaqat madaniyat, turizm, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, balki qishloq xo‘jaligi sohasi rivoji uchun ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, forum doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi ham bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Forum yakunida davlatimiz rahbarining ushbu investitsiya forumini har yili tashkil etish tashabbusini ilgari surib, uning navbatdagi uchrashuvini kelgusi yilda Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi. Bu esa, davlatimiz rahbarining har bir sohaning rivoji hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ulkan maqsadlar sari odim qadam tashlayotganidan dalolat beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: