1. Mazkur normativ huquqiy hujjatning amalga kiritilishi natijasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni, ayniqsa sug‘oriladigan yerlarni asrab-avaylash hamda yer fondi toifalarini maqsadli o‘zgartirish ta’minlandi.
2. Buzilgan yerlarni rekul’tivasiya qilish va qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44 ta korxona tomonidan 226,5 gektar, Andijonda 14 ta korxona tomonidan 70,96 gektar, Buxoroda 46 ta korxona tomonidan 318,04 gektar, Jizzaxda 23 ta korxona tomonidan 70,7 gektar, Qashqadaryoda 25 ta korxona tomonidan 159,3 gektar, Navoiyda 24 ta korxona tomonidan 490,2 gektar, Namanganda 18 ta korxona tomonidan 32,7 gektar, Samarqandda 14 ta korxona tomonidan 151,8 gektar, Sirdaryoda 41 ta korxona tomonidan 78,7 gektar, Surxondaryoda 28 ta korxona tomonidan 74,1 gektar, Toshkentda 88 ta korxona tomonidan 345 gektar, Farg‘onada 22 ta korxona tomonidan 24,9 gektar, Xorazmda 3 ta korxona tomonidan 17,6 gektar va Toshkent shahrida 1 ta korxona tomonidan 1,0 gektar foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan jami 2061,5 gektar yer maydonlarini rekul’tivasiya qilish ishlari amalga oshirildi.
2023 yilda ekologik nazorat inspeksiyalari tomonidan aniqlangan yerlarni ifloslantirganligi va belgilangan maqsadlarda foydalanmaganligi uchun 733 ta holatda 398,0 mln so‘m jarimalar qo‘llanildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: