Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev Janubiy Koreyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligiga qarashli Hayvonotlar va o‘simliklar karantini agentligi maslahatchisi Nam Bok Li rahbarligidagi ekspertlar va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashdi.
Unda yurtimizda o‘simliklar karantini va himoyasini ta’minlash, zararkunanda organizmlarga qarshi kurashish, mamlakatimizga olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun fitosanitarik xizmat ko‘rsatish va boshqa ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlar bo‘yicha muloqot qilindi.
Aytish joizki, o‘tgan 2023-yilda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida umumiy qiymati 6,7 mln dollar bo‘lgan «O‘zbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish» loyihasi imzolangan edi.
Loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda 700 mingdan 1 mln dollarga qadar ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, «Dao‘it ata» chegara o‘tkazish punktida laboratoriya tashkil etish va zarur uskunalar bilan ta’minlash, Nukus shahrida yangi ofis tashkil etish belgilanmoqda.
Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ham ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, chegara o‘tkazish punktlarida fitosanitarik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish, ushbu joyning o‘zida mahsulotlarni tekshirish va qisqa muddatda tegishli laboratoriya xulosalarini olish, o‘simliklar karantini, shuningdek, hayvonotlar karantini bo‘yicha ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar bo‘ycha fikr almashildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: