Navoiy viloyati Nurota tumanida kovrakchilik bilan shug‘ullanuvchi “FERULA EXPORT CLUSTER” MChJ tomonidan 1 030 gektar yaylov yer maydonlariga texnika hamda qo‘l kuchi yordamida madaniy kovrak plantatsiyalari tashkil etilib, mazkur plantatsiyalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda Kadastr agentligi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida dalolatnomalar tuzildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirilishida 100 dan ortiq mavsumiy ishchilar mehnatidan foydalanildi. Kovrak o’simligining yog‘ingarchilik mavsumi boshlanishi oldidan ekilishi o‘simlikning keyingi rivojlanishi uchun foydali hisoblanadi. Yana bir jihati shundaki, o‘simlikni ekish uchun qulay vaqtni tanlash katta ahamiyatga ega. Kuchli shamol vaqtlarida urug‘larni ekish tavsiya etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-aprelda imzolagan “Respublikada kovrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmonida Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga respublikada yovvoyi holda o‘suvchi kovrak o‘simligi tabiiy zaxiralarini saqlash, ularning qayta tiklanishini ta’minlash, madaniy usulda kovrak plantatsiyalarini yaratish hamda qayta ishlash korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, kovrakdan olinadigan xomashyoni qayta ishlash hamda tayyor va yarim tayyor mahsulot sifatida eksportga chiqarishni ta’minlash to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra, 2022–2026-yillarda jami 90 ming gektar maydonda kovrak plantatsiyalarini barpo etish nazarda tutilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: