O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan bodomning “Bumajnoskorlupiy”, “Pervenes”, “Ugam”, “Malika” va boshqa navlari mavjud. Biroq, bugungi kunda mahalliy tadbirkorlar tomonidan bir qancha eksportbop bodom navlari xorijdan olib kelinib, yetishtirilmoqda.
Respublikada har bir hududning tuproq-iqlim va gidrogeologik sharoitlarini inobatga olib, bodom navlarini joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlarning fikriga asosan, bodom daraxti dengiz sathidan 800-1400 metr balandlikda yaxshi rivojlanadi.
Bodom o‘simligining qurib qolishiga bir nechta faktorlar (ob-havo, tuprog‘i, suvi, payvandtagi, navi, kasallik va zararkunandalar) sabab bo‘ladi.
Shu sababli, murojaatingiz bo‘yicha aniq javob olish uchun bodom ekilgan hudud, navi va payvandtagi to‘g‘risida ma’lumotlar hamda shu joyning tuprog‘i, suvi va qurigan bodom o‘simligidan (ildiz, poya, novda, barg) namunalar olib, akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yuborishingiz tavsiya etiladi. E-mail: buviti@mail.ru Tel: (71) 220-24-42
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: