O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Bastion” telegram kanali orqali Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Yerdan samarali foydalanish bo‘limi bir guruh xodimlari oylik maoshini o‘z vaqtida olmaganliklari bilan bog‘liq xabar o‘rganildi.
O‘rganish natijasida eʼlon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topdi.
Mazkur holat Vazirlik mutasaddilari tomonidan nazoratga olinib, kechiktirilgan maoshlar avgust oyining 10-sanasiga qadar xodimlarga to‘lab berilishi taʼminlandi.
Qishloq xo‘jaligi sohasiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz.
Shu o‘rinda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyorligini maʼlum qiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: