“Jurnalist” ijtimoiy tarmog‘ida berilgan “Oqqo‘rg‘onlik fermerlar klasterlardan nega norozi?” nomli xabari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va “ABC OQQO‘RG‘ON AGRO KLASTER” MCHJ o‘rtasida 2022-yil paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha 2021-yil fyuchers shartnomalari imzolangan bo‘lib, shartnoma shartlariga asosan “ABC OQQO‘RG‘ON AGRO KLASTER” MCHJ 2022-yil 31-dekabr kuniga qadar fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirib topshirilgan paxta xomashyosi uchun pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyati belgilangan.
Biroq, jamiyat tomonidan 2022-yil yanvar oyida shartnomada ko‘rsatilgan 50 foiz miqdoridagi pul mablag‘lari to‘lab berilgan.
O‘rganish davomida, Oqqo‘rg‘on tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer xo‘jaliklarining manfaatini ko‘zlab, Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga 23 ta da’vo arizalari kiritilganligi, da’vo arizalarining 14 tasi bilan mediativ kelishuvga erishilib, 5 ta da’vo arizasi qanoatlantirilganligi, qolgan 4 ta da’vo ariza yuzasidan sud jarayoni davom etayotganligi aniqlandi.
Xabarda keltirilayotgan “Xokim va boshqa rahbarlar esa ularga umuman gapi o‘tmaydi — deydi!” iddaosi yuzasidan shuni aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 34-moddasiga asosan davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi ma’lum qilinadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: