O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Men Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida cho‘l zonasida Eron pista bog‘ini barpo etmoqchiman. Shuning uchun menga kata hajmda artizan quduq qurish uchun subsidiya kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 23- fevraldagi 95-son qarorlariga asosan Siz subsidiya olish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari va burg‘ulangan quduq, shuningdek, nasos stansiyasini qurish ishlari yakunlangandan so‘ng “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish” agentligiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: